Til – millat ko‘zgusi, ma’naviyat sarchashmasidir. Shu bois ona tilimizni hurmat qilish, uning boy imkoniyatlarini o‘rganish barchamizning asosiy burchimiz bo‘lishi lozim.
Har yili 21 oktyabr yurtimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida o‘zgacha g‘urur, faxr va iftixor bilankeng nishonlanadi.
Kuni kecha tumanimizda joylashgan DXX Chegara qo‘shinlari harbiy qisimlaridan birida Bulung‘ur tumani Yoshlar ishlari agentligi va Ma‘naviyat va Ma‘rifat bo‘ilimi bilan hamkorlikda "Til - millat ko‘zgu" mavzusida davra suxbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda harbiy qisim ma‘sul xarbiy sizmatchilari Z.Ro‘zmatov tuman Yoshlar ishlari agentligi boshlig‘i K. G‘apparov va Respublika Ma‘naviyat targ‘ibot markazi Bulung‘ur tuman bo‘limi rahbari B. Jumanazarovlar ishtirok etishdi. Tadbirda so‘z olganlar Albatta, har bir millat o‘z ona tiliga egaekanligi, Ulkan boylik, bebaho qadriyat sifatida e‘zozlanadigan tilda ajdodlarining bebaho merosi, tarixi, o‘tmishi va buguni yashashi. O‘zligini anglagan har bir millat va elat uchun til bebaho va tengsiz boylik sanalishini etirof etdilar.

Bunday tadbirlar doirasida harbiy xizmatchilarni o‘z vatani xalqiga bo‘lgan mehrini yanada oshirish vatanparvarlik ruhini yanada jonlantirish xalqni vatanni sevish va ardoqlash, O‘z vatani oldidagi burchini sadoqat va ulkan ma‘sulyat hissini oshirishga xizmat qilishi aytib o‘tildi. Tabdir yakunida harbiy xizmatchila va ularning oila azolari ishtirokida kitob yarmarkasi tashkillashtirildi.
B.TO‘YCHIYEV,
Harbiy xizmatchi