Samarqand-Toshkent katta avtotrassasi kesib o‘tgan “Yangiariq” mahallasi markazi, shu hududdagi Yangiobod, Mehnatobod qishloqlarida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, qiyofasini zamonaviylashtirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar qizg‘in olib borilmoqda. Jumladan, tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi maxsus texnikalari yordamida mahalla markazi hamda Yangiobod va Mehnatobod qishloq ko‘chalardan jami 3 kilometrlik yo‘llariga asfalt yotqazildi. Irrigatsiya tizimida 1,5 kilometr masofadagi zovurlar tozalandi, 3 kilometr masofadagi ichki yo‘llarga shag‘al toshlar to‘kildi.

- Qishloqlarimizning oynaday tekis asfalt yo‘llarida bolalarimiz, nevaralarimiz mazza qilib o‘ynab, yayrab velosipedlarini uchirishmoqda, - deydi faxr bilan Qo‘chqor bobo Mamarajabov. - Biz orzu qilgan bugungi dorilamon kunlarda bunday ezgu ishlar biz keksalarni quvontirib yubordi.

Huududda obodonlashatirish – ko‘chalarni asfaltlash, zovurlarni tozalash, elektr tarmoqlaridagi eski yog‘och ustunlarni yangi beton ustunlarga almashtirish ishlari davom ettirilaveradi.
Sherzod NARMATOV,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bulung‘ur tuman Xalq qabulxonasi mudiri.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bulung‘ur tuman Xalq qabulxonasi mudiri.