O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Do‘stbek Sulaymonovning birinchi kitobi “Cho‘qqilarga intilib” deb nomlanganiyoq kitobxon diqqatini o‘ziga tortadi. Cho‘qqi - bu yuksaklik, yuksalish degani. Har bir inson umri davomida ma’lum yuksaklik sari intiladi. Yuksak ezgu orzu-maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida, hayotni mazmundor etmoq ilinjida yashaydi. Ijodkor Do‘stbek Sulaymonov ham ushbu kitobni muxlislar hukmiga havola etar ekan adabiyotning yuksak cho‘qqilarini ko‘zlab, yetuk mahorat sohiblari bo‘lgan ustoz ijodkorlar izidan bormoqlikni qalbiga tugadi. Va o‘z hikoyalari bilan ma’lum darajada buni uddalaydi ham.
Inson qalbi murakkab tushuncha. Aslida har bir qalb – bir cho‘qqi. Bu cho‘qqini zabt yetmoqlik mashaqqatli jarayon. Muallif o‘z hikoyalarida qishloq odamlarining cho‘qqidek purviqor qalbini, qoyadek mustahkam bardoshini, tog‘ buloqlarining zilol suvi kabi musaffo orzu-umidlarini tog‘ tabiatining betakror manzaralari tasvirida, qahramonlar taqdiri va kechinmalari bayonini o‘ziga xos chizgilarda ifodalab beradi. Tog‘lik qishloq odamlarining hayot tarzini xalqona uslubda aks ettiradi.
Kitobdan o‘rin olgan “Duo” hikoyasi “Yomg‘ir bilan yer ko‘karar, duo bilan el ko‘karar” maqoliga hamohang tarzda Jozil aka obrazi taqdiri, uning sodda va saxiy inson ekanligini ko‘rsatish bilan elning ezgu duosini olish naqadar muhimligini yana bir karra uqtiradi: “Jozil aka olib keladigan bozorligini Momosuluv chechaga tutqazdi. Keyin uyga kirdi. Momosuluv checha dasturxon yozib choy keltirdi. So‘ng Jozil akadan so‘radi:
— Dadasi ho‘kizni qanchaga sotdingiz?
— Yaxshi sotdim, molimiz bozorning oldi ekan, egasini topib ketdi.
— Puli ko‘rinmayapti, birortaga qarz berdingizmi?
— Ha, duoga berdim, xalqning duosiga, — der ekan Jozil akaning ko‘zlarida yosh qalqidi.
— Nima deyapsiz? Duoga… — hayron qoldi Momosuluv checha.
— Xudo xohlasa, endi o‘g‘illi bo‘lamiz…
“Bo‘ri ovi”, “Ovchi”, “Sirtlonlar jangi” kabi turkum hikoyalari qahramonlarining boshidan kechirgan voqealar qiziqarli sarguzashtlarga boyligi bilan ajralib turadi.
To‘plamdagi “Jiyron” hajm jihatdan eng katta hikoya bo‘lib, chavandozlar taqdiridan so‘zlaydi. Jiyron laqabli otning fojiasi tabiatning bir bo‘lagi bo‘lgan otga mehri baland chavandoz Qamariddinning hayoti va kechinmalari ishonarli tasvirlangan. Asar qahramoni Qamariddin:
“…Yo tavbangdan ketay, qadrdon, ot endi kerak emasmish. Mayli-da, kimgadir ot kerak bo‘lsa beramiz. Lekin u minmaydi-da. Chopqillab minsa qaniydi. Go‘shtga topshirarkan. Qo‘chqor, ho‘kiz so‘yilsa tushunsa bo‘ladi. Lekin otini bilmadim. Hech ham ko‘z qiymaydi-da…” – deya otga bo‘lgan mehrini ifodalasa, “… Sen bilan ne bir ko‘pkarilarni ko‘rdik, ne bir davralarni ko‘rdik. Barida sen g‘olib yeding! Bugun esa mana shu g‘olibligingcha bu dunyoni tark etding! Alvido jiyron! Ko‘ksimdagi armonimsan, Jiyron!” – deb g‘amga botdi.
Ijodkor ko‘ngil torlaridan taralgan ohanglarni so‘zga jo qilishga bel bog‘lab, qalban o‘ziga suhbatdosh izlaydi. Ushbu kitobdan joy olgan hikoyalarning aksariyati oshufta bo‘lganimiz tog‘lar bag‘ridagi vatandoshlarimiz or-nomusi, g‘ururi, lafzi, qo‘yingki, butun hayotidan so‘zlaydi. Hayotni boricha, ortiqcha jimjimadorlikka o‘rin qoldirmay aks ettirga hikoyalarini o‘qigan o‘quvchi bextiyor ijodkor istagan cho‘qqqilar sari intila boshlaydi. Bu cho‘qqilar havosi musaffo, g‘uborlardan xoli qalblardir. Ijodkorning umid shuki, kitob o‘quvchilarning go‘zal qalbidan joy olsin.
Kitobxon muxlislarga Do‘stbek Sulaymonovning “Cho‘qqilarga intilib” kitobiga jamlangan hikoyalarini o‘qishda unutilmas taassurotlar baxsh etguvchi mutolaa zavqi, muallifga esa ustozlar duosini olib, el-yurt ardog‘ida yashash saodati hamda tuganmas ilhom onlarini tilab qolamiz.

Mukarram AMANOVA,
Bulung‘ur tumani 34-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.