Hozirgi kunda giyohvandlik global muammolardan biridir. Asr vabosi deb baholanayotgan “oq ajal” qanchadan-qancha insonlarning baxtiga zomin bo‘layotgani, giyohvand moddalarni iste’mol qilishga odatlanish oqibatida nogiron, jismoniy va aqliy nuqsoni bor bolalar dunyoga kelayotgani haqida o‘ylasak, yanada sergak tortamiz. Og‘uning quliga aylanib qolayotgan zamondoshlarimizni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish barchamiz uchun foydalidir. Shunday ekan, oilalarimiz tinchligi, farzandlarimiz kelajagiga rahna solayotgan, jiddiy xavfga aylangan giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashishimiz shart.
Dunyo bozorida tarqaladigan “qora dori”ning asosiy qismi Afg‘onistonda yetishtirilib, uni noqonuniy yo‘l bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari orqali g‘arbga yetkazishga bo‘lgan urinish yildan-yilga kuchayib bormoqda. Shuning uchun yurtimizda narkotik moddalarni iste’mol qilish va ularningnoqonuniy aylanishiga qarshi kurashish masalasiga davlat va millatning ertasini hal etuvchi omillardan biri sifatida qarab kelinmoqda.
Yurtimizda narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash masalasiga davlat va millatning ertasini hal qiluvchi omillardan biri sifatida qarab kelinmoqda.
Avvalo, bu kabi sa’y-harakatlarning huquqiy asosini mustahkamlash uchun qator normatiq-huquqiy hujjatlar, xususan, “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi hamda BMT konvensiyalarini ratifikatsiya qilish haqidagi qonunlar qabul qilindi.
Ushbu dastur asosida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar va boshqa vakolatli idoralar narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha aniq maqsadi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga, shuningdek, bu illatning tarqalishining oldini olish, idoralararo va xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda.
Dunyoqarashi endigina shakllanayotgan, bor kuch-g‘ayratini faqat bilim olishga, izlanishga, hunar o‘rganishga sarflashi kerak bo‘lgan bir paytda o‘smirlarni aldov yo‘li bilan giyohvandlik qurboniga aylantirayotgan kimsalar ozmi? Qanchadan-qancha oilalarning yostig‘ini quritayotgan giyohvandlikka qarshi har bir inson o‘zi kurashmog‘i, tashqi ta’sirlardan himoyalanmog‘i lozim.
Voyaga yetayotgan farzandlarimiz o‘tmishi qadim, tuprog‘i oltin, osmoni musaffo O‘zbekistonning kelajak vorislaridir. Ularni mana shunday sog‘lom muhitda, ezgu tushunchalarni yuraklariga joylab voyaga yetkazaylikki, hech qanaqa tashqi salbiy xurujlar va qora illatlar o‘pqoni ularni o‘ziga jalb qila olmasin.

Abdurazzoq XOLBOZOROV,
tuman Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi narkolog shifokori.