Referediumga bag‘ishlangan tadbir Yangiariq mahallasi markazidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Maktab o‘qituvchilar jamoasi, mahalla faollari va mehmonlar ishtirok etgan tadbirni “Bulung‘ur hayoti” gazetasining mas’ul kotibi Po‘lat Cho‘mboev boshqarib bordi.
Tadbir avvalida Davlatimiz madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Abdualim Azimov tadbir ishtirokchilariga Konstitutsiya va unga kiritilayotgan o‘zgartishlarning asosiy mohiyatini hayotiy misollar orqali tushuntirib berdi. Samarqand Davlat tibbiyot universiteti dotsenti Mirzakarim Ochilov ham Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar, o‘zgarishlar, referendumning mamlakatimiz hayotidagi ahamiyati haqida batafsil tushuncha berib o‘tdi. Yangiariq MFY raisi Hasan Qayumov mahalla fuqarolarini bir tan-bir jon bo‘lib birgalikda referendumda faol ishtiriok etishga da’vat etdi.

Tadbir davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga aniq va puxta javob oldilar.
Rabbim HOTAMOV.