Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining 79 sessiyasida Tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyati yuzasidan tumanda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida masala muhokama qilingan edi. Ushbu sessida tumandagi oqova suvlarning sanitariya talablari asosida tozalanishi bo‘yicha deputatlar masala ko‘targan edi.
Ushbu masala yuzasidan Xalq deputatlari tuman kengashning kotibiyati tashabbusi bilan bir gurux deputatlari tumanda joylashgan oqova suvlarni qabul qilish inshoatida bo‘lishdi va jarayon bilan tanishishdi.

Tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan suvdan namunalar olish va belgilangan tarbibda xulosa berish ishlari amalga oshirilgan. O‘rganish davomida ham xizmat xodimlari tomonidan suvdan namunalar olindi va xulosalarni Kengash kotibiyatiga yuborish talab etildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati